
Ona Tilimizni Asraylik
Gulnoza
由 HeartMuLa 创作
也为自己做一首这样的歌
把一个名字、一段回忆或你写的歌词,几分钟变成一首歌。
提示词
Diqqat! Diqqat! Bugun g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi… Ming yillardan beri yashab kelayotgan Ona tilimizning sehrli kitobidan So‘zlar yo‘qola boshladi! Avval «Mehr» yo‘qoldi… Keyin «Oqibat»… Endi esa «Ona» so‘zi ham yo‘qolish arafasida! Agar oxirgi so‘z ham yo‘qolsa, Insonlar bir-birini tushunmay qo‘yadi! Kim ona tilimizni qutqara oladi? «Ona so‘zi ham yo‘qolish arafasida!» — Yo‘q! Ona tilimizni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaymiz! Qarang! So‘zlar tirik! Ammo ular bizdan uzoqlashmoqda… Nega odamlar bir-biriga mehrli so‘zlarni kam aytmoqda? Nega ba'zan kattalar ham bir-birini tinglamayapti? Nega bolalar kitobdagi go‘zal so‘zlarni unutmoqda? So‘zlar yo‘qolmaydi… Ularni unutgan qalblar bor! — To‘xtang! Siz kimsiz? — Men Mehrman… Meni kam eslashadi… — Men Odobman… Meni hamma ham qadrlamaydi… — Men Oqibatman… Odamlar ba'zan bir-birini tinglashni unutmoqda… — Yo‘q! Sizlar keraklisiz! Sizlar bizning boyligimizsiz! Bolam… Sen ilk bor qaysi so‘zni aytding? «Ona»… Seni kim alla aytib uxlatdi? Onang… Senga ilk ertaklarni kim aytib berdi? Buvijoning… Ana shu so‘zlarda sening bolaliging, Sening oilang, Sening Vataning yashaydi. Ona tilingni unutma, bolam… Chunki unda sening ildizlaring bor. — Birgina mehrli so‘z qalbni isitadi… — Birgina yaxshi so‘z insonlarni yaqinlashtiradi… — Birgina ona so‘zi butun bir umrga yetadi… — So‘zlar, qayting! Biz sizni unutmaymiz! Bir so‘z bilan mehr beramiz! Bir so‘z bilan do‘st bo‘lamiz! Bir so‘z bilan ko‘ngil olamiz! Ona tilimiz — bizning tariximiz! Ona tilimiz — bizning boyligimiz! Ona tilimiz — bizning kelajagimiz! Til bor ekan — millat yashaydi! Til bor ekan — tarix yashaydi! Til bor ekan — xalqning yuragi uradi! — Siz ona tilimizni qutqardingiz… — Ammo bir savol qoldi… — Ertaga bu tilni kim asraydi? — Biz! — Biz ona tilimizda gaplashamiz! — Biz kitoblar o‘qiymiz! — Biz go‘zal so‘zlarni farzandlarimizga o‘rgatamiz! Ona tilim — faxrim mening! Ona tilim — baxtim mening! Uni asrash — burchimiz! Uni sevish — yuragimiz! O‘zbek tilim, yashna doim! Sening bilan porlar yo‘lim! Ona tilim — mangu yashagin! O‘zbekiston — doim yashnagin! «Ona tilimizni asraylik!»