Ona Tilimizni Asraylik
classical

Ona Tilimizni Asraylik

Gulnoza

0 GefÀllt mir4:2818. Okt. 2026

Erstellt mit HeartMuLa

Mach einen Song wie diesen

Mach aus einem Namen, einer Erinnerung oder deinem eigenen Text in wenigen Minuten einen Song.

Als Geschenk

Prompt

‎Diqqat! Diqqat! ‎Bugun g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi
 ‎Ming yillardan beri yashab kelayotgan ‎Ona tilimizning sehrli kitobidan ‎So‘zlar yo‘qola boshladi! ‎Avval «Mehr» yo‘qoldi
 ‎Keyin «Oqibat»  ‎Endi esa «Ona» so‘zi ham yo‘qolish arafasida! ‎Agar oxirgi so‘z ham yo‘qolsa, ‎Insonlar bir-birini tushunmay qo‘yadi! ‎Kim ona tilimizni qutqara oladi? ‎ ‎«Ona so‘zi ham yo‘qolish arafasida!» ‎ ‎— Yo‘q! Ona tilimizni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaymiz! ‎ ‎Qarang! So‘zlar tirik! ‎Ammo ular bizdan uzoqlashmoqda
 ‎Nega odamlar bir-biriga mehrli so‘zlarni kam aytmoqda? ‎Nega ba'zan kattalar ham bir-birini tinglamayapti? ‎Nega bolalar kitobdagi go‘zal so‘zlarni unutmoqda? ‎So‘zlar yo‘qolmaydi
 ‎Ularni unutgan qalblar bor! ‎ ‎— To‘xtang! Siz kimsiz? ‎ ‎— Men Mehrman
 Meni kam eslashadi
 ‎ ‎— Men Odobman
 Meni hamma ham qadrlamaydi
 ‎ ‎— Men Oqibatman
 Odamlar ba'zan bir-birini tinglashni unutmoqda
 ‎ ‎— Yo‘q! Sizlar keraklisiz! Sizlar bizning boyligimizsiz! ‎ ‎Bolam
 ‎Sen ilk bor qaysi so‘zni aytding? ‎«Ona»  ‎Seni kim alla aytib uxlatdi? ‎Onang
 ‎Senga ilk ertaklarni kim aytib berdi? ‎Buvijoning
 ‎Ana shu so‘zlarda sening bolaliging, ‎Sening oilang, ‎Sening Vataning yashaydi. ‎Ona tilingni unutma, bolam
 ‎Chunki unda sening ildizlaring bor. ‎ ‎— Birgina mehrli so‘z qalbni isitadi
 ‎— Birgina yaxshi so‘z insonlarni yaqinlashtiradi
 ‎— Birgina ona so‘zi butun bir umrga yetadi
 ‎— So‘zlar, qayting! Biz sizni unutmaymiz! ‎ ‎Bir so‘z bilan mehr beramiz! ‎Bir so‘z bilan do‘st bo‘lamiz! ‎Bir so‘z bilan ko‘ngil olamiz! ‎Ona tilimiz — bizning tariximiz! ‎Ona tilimiz — bizning boyligimiz! ‎Ona tilimiz — bizning kelajagimiz! ‎Til bor ekan — millat yashaydi! ‎Til bor ekan — tarix yashaydi! ‎Til bor ekan — xalqning yuragi uradi! ‎ ‎— Siz ona tilimizni qutqardingiz
 ‎— Ammo bir savol qoldi
 ‎— Ertaga bu tilni kim asraydi? ‎ ‎— Biz! ‎— Biz ona tilimizda gaplashamiz! ‎— Biz kitoblar o‘qiymiz! ‎— Biz go‘zal so‘zlarni farzandlarimizga o‘rgatamiz! ‎ ‎Ona tilim — faxrim mening! ‎Ona tilim — baxtim mening! ‎Uni asrash — burchimiz! ‎Uni sevish — yuragimiz! ‎O‘zbek tilim, yashna doim! ‎Sening bilan porlar yo‘lim! ‎Ona tilim — mangu yashagin! ‎O‘zbekiston — doim yashnagin! ‎«Ona tilimizni asraylik!»

Ona Tilimizni Asraylik by Gulnoza | HeartMuLa